Oxirgi yangilanish: 2026-yil 11-avgust
Amal qiladi: VitaMind mobil ilovasi (iOS va Android)
Bu hujjat VitaMind qanday ma'lumot yig'ishini, uni nima uchun ishlatishini va
uni kim ko'rishi mumkinligini aytadi. Umumiy gaplar emas — aniq ro'yxat.
| Nima | Misol |
|---|---|
| Profil | Ism, tug'ilgan yil, jins, bo'y, vazn, faollik darajasi, maqsad |
| Ovqat kundaligi | Yegan taomlaringiz, porsiya, vaqt |
| Suv | Kuniga ichilgan miqdor |
| Vazn | Siz yozgan o'lchovlar |
| Kayfiyat va quvvat | Kunlik belgi |
| Uyqu | Qo'lda kiritilgan bo'lsa: davomiyligi, sifati |
| Nima | Qayerdan |
|---|---|
| Qadamlar | Telefonning qadam sanagichi |
| Harakat holati (harakatda / qimirlamayapti) | Telefonning harakat sensori |
| Ilova ochilgan vaqtlar | Ilovaning o'zi |
Harakat ma'lumoti uyquni chamalash uchun ishlatiladi va **telefondan
chiqmaydi** — u faqat qurilma ichida hisoblanadi.
Faqat siz ruxsat bergan taqdirda, Apple Health (iOS) yoki Health Connect
(Android) orqali:
Ruxsatni istagan vaqtda Apple Health yoki Health Connect ichidan bekor qilishingiz
mumkin. VitaMind sog'liq ilovasiga hech narsa yozmaydi — faqat o'qiydi.
Ovqatni skaner qilsangiz, rasm tahlil uchun yuboriladi (2.2-bandga qarang).
Rasmlar serverimizda saqlanmaydi — tahlil natijasi qaytgach o'chiriladi.
Sukut bo'yicha hammasi telefoningizda saqlanadi. Hisobga kirmasangiz,
ma'lumot qurilmadan umuman chiqmaydi (2.2-banddagi AI so'rovlaridan tashqari).
Ovqat skaneri va murabbiy javoblari serverimiz orqali Anthropic (Claude API)
ga yuboriladi. Yuboriladigan narsalar:
uyg'onishlar, qadam soni
Sog'liq ma'lumotlari faqat siz alohida rozilik bergan taqdirda yuboriladi.
Rozilikni Sozlamalar → «AI murabbiyga sog'liq ma'lumotlarim» dan istagan vaqtda
o'chirishingiz mumkin; o'chirilganda murabbiy faqat ovqat va suv ma'lumotini
ko'radi.
Ism, elektron pochta yoki hisob identifikatoringiz yuborilmaydi. Anthropic
bu ma'lumotni o'z modellarini o'qitish uchun ishlatmaydi.
Hisobga kirsangiz, ma'lumotlaringiz Google Firebase (Firestore) da saqlanadi va
qurilmalar o'rtasida sinxronlanadi. Serverlar Google boshqaruvida. Kirmasangiz
bu qism umuman ishlamaydi.
Ilova qulasa, texnik hisobot (qurilma modeli, Android/iOS versiyasi, xatolik
joyi) Firebase Crashlytics ga yuboriladi. Unda shaxsiy yoki sog'liq ma'lumoti
bo'lmaydi.
| Maqsad | Qaysi ma'lumot |
|---|---|
| Kunlik kaloriya va nutrient hisobini ko'rsatish | Ovqat kundaligi, profil |
| Vitamin va mineral yetishmovchiligini aniqlash | Ovqat kundaligi |
| Qadam va uyquni avtomatik hisoblash | Harakat sensori, sog'liq ilovasi |
| Shaxsiy maslahat berish | Yuqoridagilarning yig'indisi |
| Ilovadagi xatolarni topish | Xatolik hisobotlari |
Kunlik yozuvlar — bir yil. Har bir kunning to'liq yozuvi (ovqatlar, suv,
qadam, uyqu, kayfiyat, vazn) o'sha kundan bir yil o'tgach avtomatik
o'chiriladi. Buni siz so'rashingiz shart emas va biz eslab qolishimiz shart
emas — o'chirish tizim darajasida, o'z-o'zidan bo'ladi.
Muddat yozuv qachon yozilganidan emas, qaysi kunga tegishli ekanidan
hisoblanadi. Bu ham telefondagi, ham bulutdagi nusxaga tegishli.
Oylik xulosalar — muddatsiz. Kunlik yozuv o'chishidan oldin undan to'rtta
raqam saqlanib qoladi: o'sha kungi vazn, kaloriya, uyqu soati va qadam soni.
Shu tufayli yillar bo'ylab vazn grafigingiz uzilmaydi. Ovqat ro'yxati, rasmlar
va izohlar esa saqlanmaydi.
Xohlagan vaqtda hammasini birdan o'chirishingiz mumkin: Sozlamalar → «Hisobni
o'chirish». Bu oylik xulosalarni ham o'chiradi.
Qolgan ikki turdagi ma'lumot alohida muddatga ega:
cheklangan muddat saqlaydi, keyin o'chiradi. Biz ularni saqlamaymiz.
qaytarib bo'lmaydigan tarzda o'chiradi. Telefondagi nusxa ilovani o'chirganda
ketadi.
VitaMind, yoki Health Connect → Ilovalar ruxsatlari → VitaMind.
ma'lumotlarim» ni o'chiring.
VitaMind 13 yoshdan kichik bolalar uchun mo'ljallanmagan va ulardan bila turib
ma'lumot yig'maymiz.
VitaMind tibbiy vosita emas. U kasallikni aniqlamaydi, davolamaydi va
oldini olmaydi. Bergan maslahatlari umumiy xarakterda bo'lib, shifokor
maslahatining o'rnini bosmaydi. Sog'lig'ingizga oid qaror qabul qilishdan oldin
malakali shifokorga murojaat qiling.
Bu siyosat o'zgarsa, ilova ichida xabar beramiz va yuqoridagi sanani
yangilaymiz.
Savollar yoki ma'lumotingizni o'chirish so'rovi uchun:
doniyorbakhromovv@gmail.com